O'zbekiston va Misr kompaniyalari tibbiyot sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
May 12, 2025. 11:44 • 31 soniya
• 86
QOHIRA, 12-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Tibtexnika" kompaniyasi rahbari Elyor Rahmatov va Misrning "Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haysam Husayn o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tibtexnika" kompaniyasi rahbari Elyor Rahmatov muloqot avvalida korxona faoliyati va rejalari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifati to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Asosiy e'tibor yurtimizda ishlab chiqarilgan tibbiyot mahsulotlari eksportini tashkil qilish, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga yetkazish uchun tegishli litsenziyalar olish masalalariga qaratildi.
Misr tomoni bilan yurtimizda tibbiyot sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
"Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haysam Husayn O'zbekistonda qo'shma loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi