Logo

Latviya va Litva ishbilarmon doiralari vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasining investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishdi

Aprel 29, 2025. 10:22 • 53 soniya

91
Latviya va Litva ishbilarmon doiralari vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasining investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishdi

NUKUS, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 25-26-aprel kunlari Latviya va Litva ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Qoraqalpog'istonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-missiya O'zbekiston Latviya va Litva o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va hududlarga sarmoya jalb etish maqsadida mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) tomonidan uyushtirildi. Safar davomida uch davlat tadbirkorlari ishtirokida Nukus shahrida davra suhbati va "B2B" shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida xorijiy delegatsiya Qoraqalpog'istonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, qishloq xo'jaligi va logistika sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, hududdagi investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, latviyalik va litvalik tadbirkorlar Nukus shahrida joylashgan isitish panel radiatorlari ishlab chiqaruvchi "Osten technologies" MCHJ, "Jamila Logistic", "Orient Technology" va boshqa tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi hamda korxonalar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. 

Biznes-missiya yakunida Latviyaning "TVG Group" kompaniyasi, "Boltiqbo'yi-Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi" va Litvaning "Baltic Shipping" kompaniyasi bilan turli sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tegishli hujjatlar imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish