Logo

Polsha tadbirkorlar va ish beruvchilar ittifoqi prezidenti O'zbekistonga keladi

Oktabr 03, 2025. 11:48 • 34 soniya

66
Polsha tadbirkorlar va ish beruvchilar ittifoqi prezidenti O'zbekistonga keladi

VARSHAVA, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tadbirkorlar va ish beruvchilar ittifoqi (ZPP) prezidenti Sezari Kazmiyerchak bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Unda O'zbekiston tomoni bilan migratsiya yo'nalishida hamkorlik qilish, ishbilarmon doira vakillari va Polshada tahsil olgan o'zbekistonlik talabalar bilan o'zaro manfaatli loyiha va dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Sezari Kazmiyerchak O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish, xususan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish, Polshaga malakali ishchilarni jalb etishdan manfaatdorligini ma'lum qildi.

Muloqot yakunida 2025-yil 9-13-oktyabr kunlari Sezari Kazmiyerchak boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga safarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish