Logo

Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi

Dekabr 14, 2025. 11:53 • 32 soniya

159
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi

VARSHAVA, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Varshavadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi (PAIX) prezidenti Andjey Dix bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida O‘zbekiston–Polsha hamkorligining savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hozirgi holati hamda kelgusi istiqbollari muhokama etildi.

O‘z navbatida mezbon mamlakat vakili tomonidan Polsha kompaniyalarining yurtimiz bozorlariga kirish istagi tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Muzokaralar yakunida Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish jarayonini tezlashtirishga kelishib olindi. Taʼkidlandiki, bu qadam ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va polshalik ishbilarmonlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish