Logo

Ulan-Ude shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buryatiya o'rtasidagi hududlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

May 24, 2025. 12:09 • 49 soniya

62
Ulan-Ude shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buryatiya o'rtasidagi hududlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

ULAN-UDE, 24-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Buryatiya Respublikasiga safari davomida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ulan-Ude shahridagi vakili Aleksandra Ponomareva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida savdo-iqtisodiy, sanoat, turizm va madaniy-gumanitar yo'nalishlarda, xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buryatiya o'rtasidagi hududlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Aleksandra Ponomareva 2024-yilda O'zbekiston va Buryatiya Respublikasi o'rtasida rasmiy aloqalar faollashganini, bu ko'p jihatdan O'zbekiston va Rossiya hududlari kengashi kabi mexanizm mavjudligi bilan bog'liqligini ta'kidladi.

Rossiya tomoni Buryatiyada iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalarida maqsadli tadbirlar, xususan, biznes-forumlar va biznes missiyalar, qo'shma Madaniyat kunlarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizning ushbu hududda sayyohlik salohiyatini keng targ'ib etish to'g'risidagi takliflarni qo'llab-quvvatladi.

Uchrashuvda konsullik va migratsiyaga doir masalalar muhokamasiga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Rossiya TIVning Ulan-Ude shahridagi vakolatxonasi o'rtasida Buryatiya Respublikasida hamyurtlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha yaqin hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish