Logo

O'zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish va energetika mahsulotlari Frankfurt-Maynda bo'lib o'tgan ko'rgazmada e'tirof etildi

Mart 25, 2025. 07:10 • 43 soniya

126
O'zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish va energetika mahsulotlari Frankfurt-Maynda bo'lib o'tgan ko'rgazmada e'tirof etildi

FRANKFURT-MAYN, 24-mart. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 17-21-mart kunlari Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida "ISH – 2025" xalqaro qurilish va energetika ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda "Made in Uzbekistan" milliy stendi tashkil etildi. Stendda mamlakatimizning yirik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etildi. Isitish va ventilyatsiya tizimlari, konditsionerlar, kabellar va boshqa turdagi mahsulotlar xorijiy sheriklarga ma'qul keldi.

O'zbekiston stendiga Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Italiya, Polsha, Turkiya va boshqa mamlakatlardan ko'plab ishbilarmonlar doiralari vakillari kelib, milliy elektrotexnika va kabel mahsulotlari yetkazib beruvchilari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdi.

O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan muzokaralarda o'zaro manfaatli sheriklikni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.

Bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorlariga yetkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish