Logo

O'zbekiston va Janubiy Koreya elektrotexnika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'taradi

May 08, 2025. 21:01 • 31 soniya

85
O'zbekiston va Janubiy Koreya elektrotexnika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'taradi

TOSHKENT, 8-may. /"Dunyo" AA/. "O'zeltexsanoat" uyushmasiga Koreya Respublikasi elektrotexnika sanoati kooperativi (KEIC) raisi Chon Myon Xva boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uyushma axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida tashkilotlar faoliyati, istiqboldagi rejalar va qo'shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, investitsiyaviy muhitni o'rganish va elektrotexnika sohasida yangi hamkorlik yo'nalishlarni aniqlashga e'tibor qaratildi.

KEIC raisi Chon Myon Xva O'zbekistondagi kooperatsiya imkoniyatlariga katta qiziqish bildirdi. 

Uchrashuv yakunida "O'zeltexsanoat" uyushmasi va KEIC o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjat ikki mamlakat o'rtasidagi kooperatsiyani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish