Farg'onada Singapur kompaniyasi ishtirokida ijtimoiy soha obyektlariga muqobil energiya manbalari joriy etiladi
May 06, 2025. 11:14 • 38 soniya
• 73
FARG'ONA, 6-may. /"Dunyo" AA/. Farg'ona viloyati hokimligida Singapurning "Watchman Group Pte., Ltd" kompaniyasining O'zbekistondagi ijrochi direktori Jemis Xiani bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Viloyat hokimligi ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda hududdagi ijtimoiy soha obyektlariga muqobil energiya manbalarini joriy etish loyihasining amaliy bosqichiga o'tish masalasi muhokama qilindi.
May oyi yakuniga qadar tanlab olingan dastlabki obyektlarda namunaviy tarzda loyiha ishlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Ikki tomonlama manfaatli loyihaning iqtisodiy ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot davomida, shuningdek, "Watchman Group Pte., Ltd" kompaniyasi ishtirokida Farg'onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo'yicha aniq takliflar bildirildi. Takliflar doirasida hamkorlikni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi