Joriy yilning birinchi yarim yilligida O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi savdo aylanmasi 30 foizga oshdi
Avgust 24, 2025. 12:52 • 2 daq
• 105
BERLIN, 24-avgust. /"Dunyo" AA/. Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo'mitasi rasmiy veb-saytida 2025-yilning birinchi yarmida ushbu mamlakatning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bozorlari bilan savdo aylanmasi to'g'risida statistik ma'lumotlar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo'mitasi tomonidan e'lon qilingan 2025-yilning birinchi yarmiga oid rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, GFRning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi 2024-yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga pasaygan holda 5 milliard yevroni tashkil etdi.
Biroq, mazkur statistikada O'zbekiston bilan Germaniya o'rtasidagi savdo hajmi barqaror o'sishni ko'rsatgani qayd etilgan. "Xususan, O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasi 504 million yevrodan 658 million yevroga oshdi. O'sish 30 foizga teng. O'zbekistonning Germaniyaga eksport hajmi qariyb ikki barobarga — 82 foizga, import esa 27 foizga oshgan", – deyilgan maqolada.
Mazkur o'sish Germaniya biznes doiralari uchun O'zbekistonni ishonchli va diversifikatsiyalangan savdo hamkor sifatida ko'rish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, ushbu tendensiya mintaqadagi ta'minot zanjirlarining qayta shakllanishi va transport-logistika yo'nalishlarining transformatsiyasini ham aks ettiradi.
Nashr yakunida, "O'zbekiston savdo-iqtisodiy sohada Germaniya uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu holat mintaqada yangi logistika yo'llarining shakllanishi va ta'minot zanjirlarining qayta moslashuvi jarayonlarini ham o'zida namoyon qilmoqda", – deb yozgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi