Logo

Masqat shahrida O'zbekiston-O'mon tadbirkor ayollari biznes-forumi bo'lib o'tdi

Mart 01, 2025. 13:19 • 52 soniya

180
Masqat shahrida O'zbekiston-O'mon tadbirkor ayollari biznes-forumi bo'lib o'tdi

MASQAT, 1-mart. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan 25-28-fevral kunlari Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi O'zbekiston tadbirkor ayollari delegatsiyasining O'monga biznes missiyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O'zbekiston-O'mon tadbirkor ayollari biznes-forumi bo'lib o'tdi. Unda tekstil, elektrosanoat, dizaynerlik, turizm, moliya, hunarmandchilik, xususiy maktab ta'limi yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan mamlakatimizning yetakchi tadbirkor ayollari ishtirok etdi. 


Forum davomida O'zbekiston-O'mon ishbilarmon ayollari o'rtasida sheriklikni yo'lga qo'yish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, mahsulotlar eksporti hajmini oshirish masalalari xususida fikr almashildi. 


Shuningdek, O'zbekiston delegatsiya vakillari o'z faoliyatlariga doir taqdimotlar o'tkazdilar.


Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon xotin-qizlari o'rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Unda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.


Safar doirasida delegatsiya rahbari Nodira Shotursunova O'mon Savdo-sanoat palatasi prezidenti Shayx Faysal al-Ravvos bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqot chog'ida O'zbekiston va O'mon Savdo-sanoat palatalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


Joriy yilning ikkinchi choragida O'mon tadbirkor ayollarning Toshkentga biznes missiyani tashkil etish va uning doirasida biznes-forum o'tkazish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish