Budapeshtda Vengriyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Noyabr 15, 2026. 12:00 • 2 daq
• 5
BUDAPESHT, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan Budapesht shahrida Markaziy Osiyo davlatlari elchilarining Vengriya Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Anita Orban bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Vengriyadagi diplomatik missiyasi rahbari Oybek Shaxavdinov, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston elchilari ishtirok etdi.
Tomonlar Vengriyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Transport, energetika, raqamli va gumanitar sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Anita Orban Budapeshtning Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqidagi ishonchli hamkori sifatidagi mavqeini mustahkamlash va ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish niyatida ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da rivojlantirish, mintaqalararo muloqotni mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi