Logo

Pekin shahrida bo'lib o'tayotgan biznes-forumda O'zbekistondagi yirik korxonalardan birining salohiyati namoyish etilmoqda

Avgust 14, 2024. 15:08 • 49 soniya

1413
Pekin shahrida bo'lib o'tayotgan biznes-forumda O'zbekistondagi yirik korxonalardan birining salohiyati namoyish etilmoqda

TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. Bugun XXR poytaxtida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) va Xitoy ishlab chiqarish korxonalari delegatsiyasi ishtirokidagi biznes-forum o'z ishini boshladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

OKMK telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, biznes forumda OKMKning "Metallurgiya va turdosh tarmoqlar: o'zaro bog'liqlik, imkoniyatlar, o'sish nuqtalari" mavzusida biznes-taqdimot o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Tadbirda Xitoy savdo-sanoat palatasi, Xalqaro savdoga ko'maklashish bo'yicha Xitoy kengashi, Xitoy Rangli metallar assotsiatsiyasi, "Huigong", "Shangdon Gold", "Tianjin Sino-Investment Development Group", "Fortune", "Jiangsu Pengfei Group", "NFC", "BGRIMM" kabi hamkor kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Xitoy kompaniyalarini jalb qilgan holda misni chuqur qayta ishlash, nodir va qiyin eriydigan metallar ishlab chiqarishni ko'paytirish, shuningdek, ular asosida import o'rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, rezinotexnika buyumlari va poliuretandan buyumlar ishlab chiqarish kabi yo'nalishlar bo'yicha OKMK faoliyatiga oid taqdimot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum doirasida, shuningdek, tomonlar o'rtasida B2B shaklida muzokaralar o'tkazish va bir qator yo'nalishlarda hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish