Qozog‘iston OAV: «Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti uzoq muddatli strategiyaga o‘tishni anglatadi

Sentabr 23, 2026. 19:30 • 2 daq

14
Qozog‘iston OAV: «Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti uzoq muddatli strategiyaga o‘tishni anglatadi
Qozog‘iston OAV: «Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti uzoq muddatli strategiyaga o‘tishni anglatadi

OSTONA, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Liter”, “DKNews” va “Novoye pokoleniye” nashrlarida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” birinchi sammitiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolarda ta’kidlanishicha, 16-sentabr kuni Seulda “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirok etdi.

Sammitda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik va strategik sheriklik bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi. 

Seul uchun bu mintaqa bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkoni bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlari uchun Koreyaning texnologiya va investitsiya salohiyatidan mintaqaviy darajada kengroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Nashrlarda qayd etilishicha, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi sakkiz yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshdi.Ayni paytda O‘zbekistonda Koreya kapitali ishtirokida 700 taga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshgan.

O‘zbekistonda koreys kompaniyalari energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va ta’lim kabi qator sohalarda faol ish olib bormoqda.

Xalqlar o‘rtasidagi aloqalar ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda sobiq sovet hududidagi eng yirik koreys diasporasi yashaydi. Uning soni qariyb 170 ming kishini tashkil etadi.

Shuningdek, mamlakatda yetakchi koreys universitetlari filiallarining faoliyat yuritayotgani ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatli va ko‘p qirrali tus olganini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish