O'zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika va sanoat mahsulotlari Istanbuldagi xalqaro ko'rgazmada namoyish etilmoqda
Oktabr 25, 2025. 15:30 • 2 daq
• 78
ISTANBUL, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. 22-25 oktyabr kunlari Istanbul shahrida "Isk Sodex– 2025" xalqaro ko'rgazma bo'lib o'tayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada O'zbekiston, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Eron, Misr, Iroq, Ozarbayjon va boshqa davlatlar ishtirok etmoqda.
Mazkur ko'rgazmada O'zbekiston 12 ta eksportchi korxona tomonidan yagona "Made in Uzbekistan" milliy stendida taqdim etilyapti. Shuningdek, "Sharq Tubes" va "Roka Cell" kabi mis quvurlari va izolyatsiya materiallarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'zlarining alohida stendlarini tashkil qilgan.
"Made in Uzbekistan" milliy stendi doirasida taqdim etilgan elektrotexnika va sanoat mahsulotlari o'zining innovatsion yechimlari, energiya tejamkorligi va yuqori ishonchliligi bilan ko'rgazma ishtirokchilari e'tiborini tortdi.
Ayniqsa, elektr jihozlari va sanoat uchun mo'ljallangan zamonaviy uskunalar Turkiya, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlaridan tashrif buyurgan "Buyer"lar tomonidan katta qiziqish bildirildi.
O'zbekiston vakillari Turkiyaning distribyutor, savdo tarmoqlari va ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari bilan "B2B" formatida muzokaralar o'tkazildi.
Xususan, "Briscool", "Şark", "Ulusoy Bakır ve Metal" kompaniyalari tomonidan ventilyatsiya uskunalari, sanoat qozonlari va radiatorlar importiga qiziqish bildirilgan bo'lsa, "Anadolu Bakır" va "Bamart Bakır" kompaniyalari mis quvurlari va fitinglar importiga e'tibor qaratdi.
Xorijiy hamkorlarga joriy yilning 11-13-noyabr kunlari O'zbekistonda o'tkaziladigan "E-TECH EXPO 2025" elektrotexnika va elektronika xalqaro ko'rgazmasi ishtirok etish taklifi bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi