Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Oktabr 30, 2025. 20:32 • 31 soniya
• 151
TERMIZ, 30-oktabr. /"Dunyo" AA/. Surxondaryo viloyatidagi "Ayritom" erkin savdo zonasida Novosibirskning yirik "Sibiar" kompaniyasi shourumi rasman ochildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu loyiha Novosibirsk va Surxondaryo o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. "Sibiar" uy-xo'jalik ximiyasi va aerozol qoplamdagi parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishda Uraldagi eng yirik kompaniya hisoblanadi.
Shourumda kompaniya mahsulotlarining keng turdagi namunalari – uy-xo'jalik ximiyasi, kosmetika va parfyumeriya, pardoz vositalari va avtomobil ehtiyot qismlari namoyish etilyapti.
Shuningdek, 2026-yil boshida Novosibirsk viloyat korxonalarining "Ayritom" erkin savdo zonasiga biznes-missiya tashkil etilishi va ushbu hududda alohida Novosibirsk pavilyoni ochilishi rejalashtirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi