Logo

TMK delegatsiyasi MIT bilan muhandislarni zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash bo'yicha bitim imzoladi

Oktabr 03, 2025. 15:54 • 35 soniya

58
TMK delegatsiyasi MIT bilan muhandislarni zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash bo'yicha bitim imzoladi

TOSHKENT, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Konchilik va geologiya vazirligi huzuridagi "O'zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ delegatsiyasi so'nggi o'n yil davomida jahon ta'lim reytingida yetakchi o'rinni egallab kelayotgan Massachusets texnologiya institutiga (MIT) tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida TMK vakillari Biznes va fan universiteti (O'zbekiston) xodimlari bilan birgalikda MIT vitse-prezidenti, professor Dimitris Bersimas bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Muzokaralar chog'ida zamonaviy texnologiyalar bo'yicha kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarga ko'ra, zavodning 100 nafar muhandisi dastlabki bosqichda MIT ta'lim platformasida o'qitiladi. Bu ularga texnologik innovatsiyalar bo'yicha ilg'or bilim va jahon miqyosidagi amaliyotlardan foydalanish imkonini beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish