Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi
Oktabr 23, 2025. 09:50 • 2 daq
• 80
TOSHKENT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Poytaxtimizda O'zbekiston – O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forum o'monlik tadbirkor ayollarning 19-22-oktyabr kunlari yurtimizga amalga oshirilgan tashrifi doirasida uyushtirildi.
Anjumanda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Shahlo Ibragimova, O'mon Savdo-sanoat palatasi direktorlar kengashi a'zosi, "Funun Hospitality and Project Management LLC" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Siham bint Ahmad Al-Harsiya hamda ikki o'lkaning 100 dan ortiq faol tadbirkor ayollari ishtirok etdi.
Iqtisodiy tadbir doirasida ikki mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishlari – savdo, investitsiya, xizmatlar, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridagi imkoniyatlar muhokama qilinib, ayollar biznesini qo'llab-quvvatlash, innovatsion g'oyalarni amalga oshirish va yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
B2B va G2B formatlaridagi uchrashuvlar ishtirokchilarga qo'shma loyihalarni muhokama qilish, aniq yo'nalishlarda sherik topish va amaliy shartnomalar imzolash imkonini yaratdi. Bunday muloqotlar ikki mamlakat ayol tadbirkorlari o'rtasidagi ishonch va o'zaro anglashuvni yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
Tashrif davomida o'monlik mehmonlar "Miss Lighting" MCHJ korxonasi hamda "Nova School" xususiy ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, delegatlar Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston Markaziy banki, Sog'liqni saqlash vazirligi va Migratsiya agentligi kabi bir qator vazirlik va idoralar rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur forum nafaqat ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, balki O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi do'stona, strategik va barqaror munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma vazifasini o'tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi