Logo

Jizzax viloyatida "BMB Agro Plus" loyihasi doirasida barpo etilgan meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash zavodi ishga tushirildi

May 10, 2025. 13:31 • 48 soniya

157
Jizzax viloyatida "BMB Agro Plus" loyihasi doirasida barpo etilgan meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash zavodi ishga tushirildi

JIZZAX, 10-may. /"Dunyo" AA/. Jizzax viloyatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan "BMB Agro Plus" korxonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu loyiha "BMB HOLDING" kompaniyasining meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga yo'naltirilgan agroklasterlarni rivojlantirish bo'yicha yetti yillik strategiyasining yakuniy qismi bo'ldi.


Yiliga 120 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega va zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan mazkur ishlab chiqarish korxonasi 10 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda quritish, muzlatish, sublimatsiya qilish, shuningdek, murabbo, tomat pastasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.


Korxonada Belgiya, Avstriya, Italiya, Turkiya va Xitoyning ilg'or uskunalari qo'llaniladi hamda ekologik yechimlar joriy etilgan. Elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning 25 foizi allaqachon quyosh panellari hisobiga qoplanmoqda.


"BMB Agro Plus" korxonasining ochilishi viloyatning eksport salohiyatini oshiradi, shuningdek, 650 doimiy va 2 mingdan ortiq mavsumiy ish o'rni yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish