Logo

Joriy yilning birinchi yarimida O'zbekistonda muzlatkichlar ishlab chiqarish hajmi 3,6 barobar o'sdi

Avgust 19, 2025. 10:20 • 28 soniya

38
Joriy yilning birinchi yarimida O'zbekistonda muzlatkichlar ishlab chiqarish hajmi 3,6 barobar o'sdi

TOSHKENT, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. 2025 yilning birinchi yarim yilligida O'zbekistonda 91,8 ming dona maishiy sovutkichlar ishlab chiqarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 66,1 ming donaga yoki 3,6 barobarga oshgan.

Ushbu ko'rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyun):

-2023-yil – 47,5 ming dona;

-2024-yil – 25,7 ming dona.

Ishlab chiqarish hajmining o'sishi mamlakatning sanoat salohiyati faollashgani va mahalliy maishiy texnika bozorida raqobatbardoshligi oshganidan dalolat beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish