Logo

Qatarga hamdardlik: O'zbekiston TIV Misrdagi YTH oqibatida halok bo'lganlar munosabati bilan chuqur qayg'u bildirdi

Oktabr 12, 2025. 18:12 • 27 soniya

103
Qatarga hamdardlik: O'zbekiston TIV Misrdagi YTH oqibatida halok bo'lganlar munosabati bilan chuqur qayg'u bildirdi

Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yo'l-transport hodisasi oqibatida Qatar Davlati Amiri Devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok bo'ldi. 

O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi ayanchli xodisa haqidagi xabarni chuqur qayg'u bilan qabul qilganini ma'lum qildi. 

"Qatar Davlati Hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok bo'lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog'ayib ketishlarini tilaymiz" - deb yozib qoldirgan TIV matbuot xizmati rahbari A.Burxanov  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish