Moskvadan munosabat: O‘zbekiston logistika va sanoatni rivojlantirishda mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini kengaytirmoqda
Oktabr 11, 2026. 10:00 • 2 daq
• 422
MOSKVA, 11-oktabr. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoatchilik diplomatiyasi va jahon siyosatini tahlil qilish markazi direktori Aleksandr Vorobyov “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining 7–9-oktabr kunlari Turkmanistonga amaliy tashrifi xususida fikr bildirdi.
– Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining Maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun muhim voqeadir. Shu bois mamlakat rahbariyati ushbu uchrashuvga katta e’tibor qaratdi. Toshkent uchun transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘shni davlatlar bilan savdoni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Prezidenti munosabatlarni rivojlantirish nafaqat transport yo‘nalishlarini kengaytirish, balki «C5+Ozarbayjon» formati doirasidagi to‘laqonli iqtisodiy va sanoat hamkorligiga asoslanishi kerakligini ta’kidlagani bejiz emas.
Shu bilan birga, Toshkentning yangi mintaqaviy tuzilmani yaratishga emas, balki uning samarali ishlashini ta’minlash va formatning moslashuvchanligini saqlab qolgan holda mintaqa davlatlari uchun muhim vazifalarni bajarishga intilishi e’tiborni tortadi.
Uchrashuv natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni bir necha yo‘nalishlarda rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.
Ular orasida moslashuvchan logistika infratuzilmasini rivojlantirish, transport markazlarini tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va Markaziy Osiyoning suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal etish masalalari bor. Aslida, gap pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar rejasini shakllantirish haqida bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi