O‘zbekiston va Xitoy universitetlari ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oktabr 11, 2026. 14:30 • 2 daq

•
O‘zbekiston va Xitoy universitetlari ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

GUANCHJOU, 11-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn-uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy oliy o‘quv yurtlari vakillari ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muzokaralarda Guandun chet tillari va tashqi savdo universiteti (GDUFS), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar chet tillarini o‘qitish, akademik almashinuvlarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish borasidagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqdilar.

Xitoy tomoni, shuningdek, ishtirok etuvchi universitetlarning ta’lim va ilmiy salohiyatidan foydalangan holda, GDUFS qoshida O‘zbek tili markazini tashkil etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yaqin vaqt ichida hamkorlik memorandumlarini imzolash hamda amaliy natijalarga erishish uchun qo‘shma ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish