O'zbekistonlik sozandalar III Fujayra xalqaro ud forumida ishtirok etadi
May 02, 2025. 10:11 • 2 daq
• 924
ABU-DABI, 2-may. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Tasviriy san'at akademiyasida 5-7-may kunlari "Bir ud, ko'plab madaniyatlar" shiori ostida III Fujayra xalqaro ud forumi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron, Misr, Suriya, O'mon, Iroq, Ispaniya, Marokash kabi davlatlardan ud va milliy cholg'u asboblari ijrochilari ishtirok etadi.
Ta'kidlash joizki, Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Tasviriy san'at akademiyasi va O'zbekiston davlat konservatoriyasi o'rasida hamkorlik memorandum imzolangan. O'tgan yili sentyabr oyida Fujayra tasviriy san'at akademiyasi direktori Ali Obaid Al Xefaiti va bir guruh sozandalar yurtimizda bo'ldi. Safar davomida O'zbekistondagi mashhur sozandalar va jamoalar bilan birgalikda konsert dasturida qatnashdi .
Mazkur yaqin hamkorlik o'laroq, joriy yilda bo'lib o'tadigan musiqa festivalida O'zbekiston davlat konservatoriyasi murabbiy va talabalardan iborat ijodiy jamoa rasmiy ravishda taklif etildi. O'zbekiston sozandalarining mazkur xalqaro tadbirda ishtiroki O'zbekiston musiqa san'atini yana-da keng targ'ib qilishga xizmat qiladi.
Tashkilotchilarga ko'ra, tadbirning ochilish qismida turli millat vakillaridan iborat 50 nafar sozandadan tuzilgan orkestr hind, o'zbek, ozar va turk milliy uslublarini, shuningdek, ispan flamenkosi, rok musiqasi va arab sharq musiqalarini o'zida mujassam etgan musiqiy kompozitsiya ijro etiladi. Forum davomida, shuningdek, turli mamlakatdan kelgan san'atkorlarning yakkaxon va jamoaviy chiqishlari ham bo'lib o'tadi.
Fujayra Tasviriy san'at akademiyasi bosh direktori Ali Obaid Al Xefaitining aytishicha, mazkur anjuman musiqa orqali xalqlar o'rtasidagi madaniy muloqot va hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi