Logo

Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Dekabr 09, 2025. 12:47 • 54 soniya

96
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

 

VARSHAVA, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Varshava shahridagi “Luna” kinoteatrida o‘zbek kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Ayol qismati” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbek kino kunlari doirasida o‘tkazilgan ushbu premyerada Polsha tashqi ishlar, Transport vazirliklari, Seym xalqaro aloqalar boshqarmasi, madaniyat va ilm-fan muassasalari, ommaviy axborot vositalari, Xalqaro migratsiya tashkilotining ushbu davlatdagi missiyasi, “Frontex” agentligi, YEXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Mehr” gumanitar operatsiyasi asosida suratga olingani taʼkidlandi.

Ishtirokchilar mazkur filmning mazmun-mohiyati, insonparvarlik g‘oyalari va kuchli emotsional taʼsiri haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Jumladan, “Ambasador” jurnali bosh redaktori Ada Kjeviska “Ayol qismati” unda chuqur his-tuyg‘ular uyg‘otganini va ko‘plab tomoshabinlar singari tinchlik va xavfsizlik kabi eng muhim qadriyatlar haqida o‘ylashga undaganini taʼkidlab, “Ambasador”ning keyingi sonida mazkur filmga bag‘ishlangan maqola chop etishini maʼlum qildi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari ushbu film dolzarb va ushbu tuzilma faoliyati bilan bog‘liq mavzularni qamrab olganini bildirib, 2026-yilning birinchi choragida ular bilan hamkorlikda mazkur filmning taqdimotini yana bir bor o‘tkazishni taklif etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish