Logo

O'zbekiston va Misr milliy musiqa san'ati sohasida kadrlar tayyorlash yo'nalishida hamkorlik qiladi

Sentabr 20, 2025. 13:51 • 44 soniya

299
O'zbekiston va Misr milliy musiqa san'ati sohasida kadrlar tayyorlash yo'nalishida hamkorlik qiladi

QOHIRA, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/.  O'zbekiston elchixonasi ko'magida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti hamda Misr San'at akademiyasi va Arab musiqasi oliy instituti rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda madaniyat va san'at sohasida O'zbekiston-Misr aloqalarini mustahkamlash, xususan ikki davlatdagi musiqa yo'nalishidagi ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik o'rnatish masalalari ko'rib chiqildi.


Muzokaralar natijasida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti va Arab musiqasi oliy instituti o'rtasida Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.


Misr San'at akademiyasi 1959-yilda tashkil etilgan. Uning vazifalari san'at darajasini oshirish, xalq ijodi va folklor merosini asrab-avaylash hamda mintaqaviy va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Akademiya Arab musiqasi oliy instituti, Musiqa oliy instituti, Teatr san'ati oliy instituti, Xalq san'ati oliy instituti, Kino oliy instituti, Balet oliy instituti, San'at tanqidi oliy institutini birlashtiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish