Logo

Oqtov shahrida "Mehribon turkiy dunyo" xalqaro bolalar ijodiyoti festivali bo'lib o'tdi

Sentabr 23, 2025. 15:15 • 31 soniya

137
Oqtov shahrida "Mehribon turkiy dunyo" xalqaro bolalar ijodiyoti festivali bo'lib o'tdi

OQTOV, 23-sentabr. /"DunyoAA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida turkiy mamlakatlar vakillari ishtirokida "Meyіrіmdі tүrkі әlemі" ("Mehribon turkiy dunyo") xalqaro bolalar ijodiyoti festivali bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Unda O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Ozarbayjon vakillari ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini 3 nafar yosh iqtidor sohiblari munosib himoya qildi. Ular pianino chalish, qo'shiq kuylash va raqsga tushish kabi yo'nalishlarda o'z dasturlarini namoyish qilishdi.

Shuningdek, festival doirasida Oqtov shahridagi Markaziy kutubxonada xalqaro fotosuratchilar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko'rgazmada Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Turkiya, Vengriya, Rossiya va O'zbekistondan kelgan fotoijodkorlarning eng sara asarlari taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish