Logo

O'zbekistonlik aktyor Qozon xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'olib deb topildi

Sentabr 15, 2024. 08:56 • 29 soniya

124
O'zbekistonlik aktyor Qozon xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'olib deb topildi

QOZON, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 6-11-sentyabr kunlari Tatariston poytaxtida "Oltin Minbar" XX Qozon xalqaro kinofestivali o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur festivalda o'zbekistonlik taniqli kinorejissyor Yolqin To'ychiyev tomonidan suratga olingan "Evolyutsiya" filmi namoyish etildi.

Quvonarlisi, mazkur festivalda "Evolyutsiya" filmida bosh qahramon rolini ijro etgan O'lmas O'rayev "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritib, kinofestival diplomi bilan taqdirlandi.

Qayd etish kerakki, yigirmanchi marta o'tkazilgan "Oltin Minbar" festivalida 47 mamlakatdan taqdim etilgan 800 film namoyish etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish