Logo

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik musiqali teatri TURKSOY III Xalqaro teatr festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Sentabr 29, 2025. 11:36 • 42 soniya

99
Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik musiqali teatri TURKSOY III Xalqaro teatr festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

OQTOV, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida mezbonlik qilgan TURKSOY III Xalqaro teatr festivali yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu yilning 21-26-sentyabr sanalarida bo'lib o'tgan festivalda O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Turkmaniston va Vengriya teatr jamoalari qatnashdi.

Festivalning yopilish marosimida TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev so'zga chiqib, ushbu tadbir turkiy dunyo madaniyatini targ'ib etishdagi muhim o'rnini ta'kidladi. 

Turkiy xalqlarning madaniy hamkorligini namoyon etuvchi festival sahnasida Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik musiqali teatri tomonidan "Qobil ila Hobil" spektaklini namoyish etdi.  O'zbekiston teatr san'ati vakillari ijrosidagi spektakl hakamlar va tomoshabinlar tomonidan yuksak baholandi.

Yakunda Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik musiqali teatri tomonidan namoyish etilgan "Qobil ila Hobil" spektakli "Eng yaxshi musiqali drama" nominatsiyasida g'olib deb topildi va "Spektaklning musiqiy yechimi uchun" mukofotiga sazovor bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish