Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkaziladi
Iyun 09, 2024. 09:53 • 47 soniya
• 472
AR-RIYOZ, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining xalqaro aloqalar bo'yicha o'rinbosari Fahd al-Kanan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Suhbat chog'ida Saudiya Arabistonida O'zbekiston madaniyati kunlarini o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
Vazir o'rinbosari Fahd al-Kanan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U so'nggi yillarda Saudiyada madaniy sohada o'tkazilayotgan yirik tadbirlarda O'zbekiston vakillarining ishtirokini ijobiy baholab, ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni yanada jadallashtirish lozimligini qayd etdi.
"O'zbekiston delegatsiyasining har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinayotgan Xalqaro islom biyennalisida faol ishtirok etmoqda. Biz 2025-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida o'tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tadbirda O'zbekiston Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg'armasi hamda O'zbekiston Musulmonlari idorasi vakillarining ishtirokini ishlab chiqishni taklif etamiz", dedi u.
Uchrashuvda joriy yilda Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O'zbekiston madaniyat kunlarini o'tkazish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi