Logo

Moskvada birinchi o'zbek uchuvchisi hayotiga bag'ishlangan "Taymetov. G'alaba xabarchisi" badiiy filmining premyerasi bo'lib o'tdi

May 20, 2025. 09:45 • 2 daq

708
Moskvada birinchi o'zbek uchuvchisi hayotiga bag'ishlangan "Taymetov. G'alaba xabarchisi" badiiy filmining premyerasi bo'lib o'tdi

MOSKVA, 20-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Moskvadagi mashhur "Xudojestvenniy" kinoteatrida "Uzbekistan Airports" tashabbusi bilan suratga olingan "Taymetov. G'alaba xabarchisi" badiiy filmining xalqaro premyerasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ta'kidlash joizki, "Taymetov. G'alaba xabarchisi" filmining xalqaro premyerasi har yili dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan mutaxassislar uchrashadigan Rossiyaning qariyb 20 yil davomida eng yirik maskanlaridan biri bo'lib kelgan nufuzli XIX "Madaniyatlar muloqoti" xalqaro media forumining ochilish qismining muhim tadbiriga aylandi.

30 ta film orasida "Taymetov. G'alaba xabarchisi" filmi media- forumning eng yaxshi kinosi sifatida maxsus diplomga sazovor bo'ldi.

Film premyerasida O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, "Moskino" rahbariyati va media sohaning yetakchi vakillari ishtirok etishdi.

"Film premyerasi mana shunday nufuzli forum doirasida bo'lib o'tgani men uchun katta sharafdir. Bugun ham xuddi shu sahnada 1926-yilda Sergey Eyzenshteyn barcha davrlarning eng yaxshi filmlaridan biri bo'lmish "Potemkin jangovar kemasi"ni taqdim etgani kabi, men ham "Taymetov. G'alaba xabarchisi" filmini taqdim etdim, – dedi ushbu kartina rejissyori Eldor Yo'ldoshev. – Qayd etish joizki, ushbu voqea, shuningdek, mazkur kinoteatrda co'nggi o'n yilliklardagi birinchi O'zbekiston kino ustalari tomonidan suratga olingan film premyerasi bo'ldi. Avvallari ham namoyishlar bo'lgan, lekin premyeralar bo'lmagan, masalan, o'tgan yili men ushbu kinoteatrning kichik zallaridan birida "Nazokat" filmining taqdimotini o'tkazgan edim. Bugun moskvalik kino ixlosmandlari zalni to'ldirib o'tirgani va film oxirida olqishlar bilan kutib olgani juda yoqimli bo'ldi".

"Film shu qadar dinamik bo'lib chiqdiki, u bir nafasda o'tib ketgandek tuyuldi. Biz Eldor Yo'ldoshevni muvaffaqiyatli prodyuser sifatida bilamiz, lekin rejissyor sifatida u o'zini butunlay boshqa tomondan ochib berdi", – dedi KinoPoisk" onlayn-kinoteatri bosh muharriri Viktoriya Belyayeva.

"Xudojestvenniy" kinoteatri dunyodagi eng qadimiy va bir asrlik tarixga ega zallardan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu maskan jahon kino ijodkorlari uchun ham eng nufuzli maskandir. 1926-yilda bu yerda "Jangchi Potemkin" kartinasining, 1931-yilda esa "Hayotga yo'l" birinchi ovozli badiiy filmining premyeralari bo'lib o'tdi. "Hayotga yo'l" filmi Venetsiyada bo'lib o'tgan 1-Xalqaro kinofestivalda g'olib bo'lgan. 1936-yilda esa mazkur kinosaroyda "Grunya Kornakova" birinchi rangli filmi tomoshabinlar e'tiboriga taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish