Yaponiya poytaxtida "Samarqand – Buyuk ipak yo'li markazi" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
May 05, 2025. 19:31 • 2 daq
• 154
TOKIO, 6-may. /"Dunyo" AA/. "Yaponiyada O'zbekiston madaniyati haftaligi" doirasida Tokio shahridagi "Takanava jamiyati markazi" bilan birgalikda "Samarqand – Buyuk ipak yo'li markazi" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir shu yil Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga ko'rilayotgan tayyorgarlik ishlari doirasida o'tkazildi.
Elchi Muhsinxo'ja Abdurahmonov anjumandagi nutqida so'nggi yillarda O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, turizm, madaniyat, ilm-fan sohalaridagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Shuningdek, u o'tkazilayotgan tadbir natijasida yapon hamjamiyatining O'zbekistonga bo'lgan qiziqishi yanada oshishiga umid bildirdi.
Ishtirokchilarga ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy uyg'unlikka bag'ishlangan "Kunchiqar yurt" nomli videorolik namoyish qilindi.
"Yaponiya-O'zbekiston" madaniyat markazi rahbari Nodira Aminova ikki xalq do'stlik rishtalarini tarannum etivchi "sakura" va "paxta" uyg'unligida tayyorlangan noyob kashta madaniy loyihasini taqdimot qildi.
Tadbirning madaniy qismida O'zbekistondan kelgan san'atkorlar va mamlakatimizning Yaponiyadagi madaniyat elchisi Mashu Komazaki tomonidan ijro etilgan o'zbek milliy kuy va qo'shiqlari hamda sahna ko'rinishlari yig'ilganlarga yurtimiz san'ati va madaniyatini yanada teranroq tushunish imkoniyatini taqdim qildi.
O'zbek milliy liboslari, xalq amaliy san'ati buyumlari, xalqimizning boy madaniy merosi va yurtimizdagi sayyohlik maskanlari haqidagi ko'rgazma ham Kun chiqar yurt vakillariga katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi