Venada O'zbekiston va BMTning Kosmos masalalari bo'yicha boshqarmasi o'rtasidagi aloqalarni yanada jadallashtirish bo'yicha kelishib olindi
Dekabr 11, 2023. 18:43 • 41 soniya
• 1051
VENA, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov BMTning Kosmos masalalari bo'yicha boshqarmasi (UNOOSA) direktori Arti Xoll-Mayn bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida UNOOSAning kosmik tadqiqotlar sohasidagi turli dastur va tashabbuslari hamda global muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalarning roli xususida fikr almashildi.
Tomonlar UNOOSA va O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi "O'zbekkosmos" agentligi o'rtasidagi o'zaro aloqalarni jadallashtirish, qishloq xo'jaligi, o'rmonlarni kesish bilan bog'liq harakatlarni oldini olish va noqonuniy qazib olishga qarshi kurash kabi sohalarda hamkorlikning mavjud salohiyatini muhokama qildilar.
Uchrashuvda, shuningdek, Orol dengizining qurishi bilan bog'liq masalalar, qishloq xo'jaligi mahsuldorligini oshirish, atrof-muhit monitoringi, suv resurslarini tahlil qilish va cho'llanishga qarshi kurashish cingari ekologik muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalardan foydalanish bo'yicha hamkorlik istiqbollariga e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi