Logo

Boku shahrida Turkiy davlatlar o'rtasidagi II savdo-investitsiyaviy hamkorlik ko'rgazmasi va forumi bo'lib o'tdi

Iyun 13, 2025. 14:15 • 57 soniya

768
Boku shahrida Turkiy davlatlar o'rtasidagi II savdo-investitsiyaviy hamkorlik ko'rgazmasi va forumi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 10-12-iyun kunlari Boku shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar o'rtasidagi II savdo-investitsiyaviy hamkorlik ko'rgazmasi va forumida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi mamlakatimiz ayol tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, forum doirasida akademik, investitsiya–startap va media sessiyalar tashkil etildi. Ularda tarixiy-madaniy aloqalar, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va Turk dunyosida axborot siyosatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida "Turkiy dunyo ishbilarmon ayollari sammiti"mavzusidagi maxsum panel sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada ishtirokchilar turkiy ayollarning iqtisodiyotdagi o'rni, innovatsion tashabbuslar va startaplardagi ishtiroki, ta'lim va madaniyat orqali integratsiya jarayonlari, shuningdek, biznesdagi imkoniyatlar va mavjud to'siqlar haqida atroflicha fikr almashdilar.

2024-yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlarini hajmi 8,3 milliard AQSh dollariga yetdi, shundan 3,1 milliard dollari eksport, 4,9 milliard dollari esa import ulushiga to'g'ri keladi.

Avval xabar berganimizdek, tadbir doirasida "Made in Uzbekistan" milliy stendi tashkil etildi. Tadbir yakunlariga ko'ra, 15 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi shartnomalar imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish