Xitoyning Shenchjen shahrida O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi
Dekabr 19, 2025. 09:55 • 51 soniya
• 84SHENCHJEN, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida Guandun provinsiyasining Shenchjen shahrida “O‘zbekiston-Xitoy: cavdo-iqtisodiy va investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston-Xitoy savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yirik tadbirda shahar munitsipalitetining rahbariyati va 500 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi. G2B va B2B formatida tashkil etilgan samarali muzokaralar davomida 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv va anglashuv hujjatlari imzolandi.
Forum doirasida Namangan viloyati bilan bir qatorda Navoiy va Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog‘istonning savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm salohiyati, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJning mamlakatimiz tog‘-kon sanoatidagi imkoniyatlari taqdimotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, Namangan viloyat hokimligi delegatsiyasining 30 dan ortiq mahalliy kompaniyalar bilan o‘tkazgan davra suhbatida qurilish materiallari, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, energetika, AKT, turizm, taʼlim va tibbiyot kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur forum mamlakatimiz hududlarining xalqaro investitsion jozibadorligini oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi


