Logo

O‘zbekiston Prezidenti Tokio shahrida Yaponiya parlamentidagi Do‘stlik ligasi aʼzolarini qabul qildi

Dekabr 19, 2025. 11:38 • 47 soniya

100
O‘zbekiston Prezidenti Tokio shahrida Yaponiya parlamentidagi Do‘stlik ligasi aʼzolarini qabul qildi

TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi va shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Liga aʼzolari ham qatnashgan O‘zbekiston – Yaponiya strategik hamkorlik munosabatlarini, jumladan, parlamentlararo yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Do‘stlik ligasi, ayniqsa, uning raisi Taro Aso O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholandi.

Parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining rolini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida 2026-yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni O‘zbekistonda tashkil etishga kelishib olindi.

O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi 2002-yilda tashkil etilgan va hozirgi paytda uning aʼzolari soni 40 nafardan oshgan. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari bor.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish