O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Janubiy Koreya OAV diqqat markazida
Fevral 17, 2025. 18:29 • 2 daq
• 147
SEUL, 17-fevral. /"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi arafasida Janubiy Koreyaning yetakchi "Diplomacy Journal" jurnali saytida O'zbekiston-Kuvayt munosabatlariga bag'ishlangan maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada muallif ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik tarixi va bugungi holatiga e'tibor qaratadi.
"So'nggi yillarda iqtisodiyot, savdo, investitsiya, ta'lim va madaniyat kabi turli yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Ikki davlat o'zaro manfaatli va an'anaviy do'stlik rishtalariga, mushtarak din, ma'naviy qadriyatlar va an'analarga asoslangan ma'naviy aloqalarga tayangan holda sheriklikni mustahkamlashga intiladi", – deyilgan maqolada.
Kuvayt O'zbekiston uchun xalqaro munosabatlar tizimidagi muhim hamkor hisoblanadi. Kuvaytning iqtisodiyot, moliya, bank ishi, sarmoya, innovatsiyalar, ta'lim va infratuzilmani rivojlantirish kabi sohalardagi tajribasi alohida ahamiyatga ega. Kuvayt bilan hamkorlik bilim va ilg'or tajriba almashish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, bu ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va barqaror rivojlanish yo'lida birgalikdagi taraqqiyotga yordam beradi.
Muallif, shuningdek, O'zbekiston Prezidentining Kuvaytga tashrifi hamkorlikni chuqurlashtirish, turli sohalarda yangi muvaffaqiyatlarga erishishga yangi sur'at bag'ishlashini alohida ta'kidlagan.
"Shubhasiz, O'zbekiston yetakchisining Kuvaytga boshlangan rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni kengaytirishga qo'shimcha sur'at bag'ishlaydi, hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi", – deb yozilgan "Diplomacy Journal" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Diplomat”: JCH–2026 da ishtirok etish o‘zbek futboli uchun “oltin davr”ni boshlab berishi mumkin

O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi


