O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini telefon orqali tavallud kuni bilan tabrikladi

May 17, 2026. 13:36 • 2 daq

75
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini telefon orqali tavallud kuni bilan tabrikladi

TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, qardosh Qozog‘iston xalqining tinch-osoyishta hayoti va ravnaqi yo‘lidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti hamda mazmunli muzokaralar yuqori darajada tayyorlangani va o‘tkazilgani, ular tufayli ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi surʼat kasb etganini alohida taʼkidladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, investitsiyaviy faoliyat, shu jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasida kengaymoqda, energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda istiqbolli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi va boshqa mexanizmlar doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish