O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma Rossiya OAV nigohida
Aprel 22, 2024. 17:11 • 2 daq
• 239
MOSKVA, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning yetakchi "Nezavisimaya gazeta"sida nashr siyosiy sharhlovchisi Viktoriya Panfilovaning "O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari o'rnatildi" sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega borgani, tashrif davomida ikki mamlakat o'rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi tarixiy shartnoma hamda iqtisodiyot, energetika va madaniyat sohalarida o'zaro sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 28 ta hujjat imzolangani ta'kidlangan.
"Toshkent va Dushanbe o'rtasidagi yaqin munosabatlar 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Prezidenti etib saylanganidan so'ng har tomonlama mustahkamlandi, – deb yozgan muallif. – O'zbekiston yetakchisi o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqaviy hamkorlik va do'stona munosabatlarni birinchi o'ringa qo'ydi. Bu O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va mintaqada transport-logistika yo'laklarini barpo etish uchun juda zarur edi".
Nashrda ta'kidlanganidek, shu yilning 18–19-aprel kunlari bo'lib o'tgan davlat tashrif davomida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma tarixiy deya e'tirof etilmoqda.
"Tojikiston O'zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar o'zbek va tojik xalqlari ko'p asrlik do'stlik rishtalari bilan chambarchas bog'langan. Bizni umumiy tarix, madaniy va ma'naviy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlar birlashtirib turadi", - deya davlatimiz rahbarining so'zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Maqolada qayd etilganidek, ikki mamlakat hukumatlari oldiga o'zaro savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonning OTB yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari Misr OAVda keng yoritilmoqda



