"Diplomacy Journal": Siyosiy barqarorlik va olg'a surilayotgan islohotlar fonida O'zbekiston arab investorlari uchun asosiy hamkorga aylandi
May 01, 2025. 10:30 • 2 daq
• 66
SEUL, 1-may. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyaning mashhur "Diplomacy Journal" jurnalida "Markaziy Osiyo va KADHK: tarixiy aloqalardan strategik sheriklikgacha" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar beryapti "Dunyo"AA muxbiri.

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari va Ko'rfazarab davlatlari hamkorlik kengashi (KADHK) o'rtasidagi munosabatlar tarixiy aloqalardan zamonaviy strategik sheriklik darajasiga ko'tarilgani qayd etilgan.E'tiborlisi,nashrda ikki mintaqa o'rtasidagi muloqotning faol tashabbuskori va harakatlantiruvchisi bo'lgan O'zbekistonning roli ortib borayotgani alohida ta'kidlangan.
"Tarixan O'zbekiston Samarqand va Buxoro kabi shaharlar orqali Markaziy Osiyo va arab dunyosi o'rtasidagi eng muhim madaniy va intellektual ko'prik bo'lgan. Bugungi kunda u yana mintaqalararo yaqinlashuvda muhim rol o'ynab, hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surmoqda", – deb yozgan muallif.
2023-yilda Jidda shahrida "KADHK – Markaziy Osiyo" birinchi sammitining o'tkazilishi burilish nuqtasi bo'ldi, unda O'zbekiston savdo kelishuvi, transport aloqasini rivojlantirish, sarmoyaviy va agrosanoat hamkorligini chuqurlashtirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari surdi. Ikkinchi sammit 2025-yilda Samarqandda o'tkazilishi rejalashtirilgan, bu O'zbekistonning tarixiy va diplomatik markaz sifatidagi ahamiyatini ramziy ta'kidlaydi.
"Siyosiy barqarorlik, o'sib borayotgan iqtisodiyot va olg'a surilayotgan islohotlar fonida O'zbekiston arab investorlari uchun asosiy hamkorga aylandi. 2023-2024-yillarda KADHK davlatlaridan O'zbekistonga, ayniqsa Saudiya Arabistoni va BAAdan turistlar oqimi keskin o'sdi.
"O'zbekiston nafaqat KADHK bilan muloqotda Markaziy Osiyo manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi, balki arab investitsiyalarini jalb qilish nuqtasiga, mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi va raqamli transformatsiyasini ta'minlash bo'yicha hamkorga aylanmoqda", – deb yozilgan "Diplomacy Journal" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida