"Q8 Press": O'zbekistonda ijtimoiy himoya va kambag'allikka qarshi kurashishga katta e'tibor qaratilmoqda
Noyabr 06, 2025. 18:23 • 2 daq
• 108
AL-KUVAYT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. Quvaytning nufuzli "Q8 Press" elektron nashrida "Islohotlardan global muloqotgacha: O'zbekiston Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammitida yangi model va tashabbuslarni taqdim etdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston ijtimoiy himoya sohasida yetakchi davlat sifatida tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday tizimli islohotlar natijasida fuqarolarning farovon turmush tarzi yildan yilga yaxshilanib borayapti.
So'nggi yillarda mamlakatda qashshoqlik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha pasaydi, ishsizlik ham sezilarli kamaydi, bolalar, ayollar, nogiron va va qariyalarga ijtimoiy, ta'lim va iqtisodiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytirildi. Bu sa'y-harakatlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekistonda "Inson sha'ni va qadr-qimmati har narsadan ustun" tamoyili asosida islohotlarni amalga oshirayotganidan dalolatdir.
O'zbekiston rahbarining Dohada bo'lib o'tgan Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Jahon sammitidagi nutqida ham ahamiyatga molik tashabbuslar ilgari surildi. Prezident tomonidan mana shu tashabbuslarning bildirilishidan anglash mumkinki, O'zbekistonda ijtimoiy himoya va kambag'allikka qarshi kurashishga katta e'tibor qaratilmoqda.
"O'zbekiston bolalarga nisbatan zo'ravonlikka barham berishga qaratilgan global alyansga qo'shilgan birinchi Markaziy Osiyo davlati bo'ldi. Bu bolalarni himoya qilish yo'lidagi muhim qadamdir. "Bolalarni barcha turdagi zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonun qabul qilinib, har bir bolaning uyda, maktabda va jamiyatda xavfsiz va qo'llab-quvvatlovchi muhitda ulg'ayishi uchun barcha sa'y-harakatlar qilinyapti", – deb yozadi "Q8 Press" elektron nashri.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda