"Hadramawt" AA: O'zbekiston Davlat byudjeti 2025-yilda iqtisodiyotni izchil rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga yo'naltiriladi
Yanvar 08, 2025. 11:27 • 2 daq
• 221
AR-RIYOZ, 8-yanvar. /"Dunyo" AA/. Yamanning "Hadramawt" axborot agentligi "O'zbekiston Prezidenti: Davlat byudjeti joriy yilda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi" sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilga mo'ljallangan davlat byudjeti ijrosini ta'minlashga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
Qayd etilishicha, asosiy e'tibor mahalliy byudjetlar daromadlarini ko'paytirish va avtonomligini ta'minlash, shuningdek, xarajatlarning ijtimoiy yo'nalishini saqlab qolish masalalariga qaratildi.
"3-yanvar kuni Prezidentga O'zbekistonning 2025-yilga mo'ljallangan Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun ijrosi yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi. Xususan, 2025-yilga mo'ljallangan prognozga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari 65,8 trillion so'mni, xarajatlari esa 84,3 trillion so'mni tashkil etadi. Shuningdek, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga 18,5 trillion so'm byudjetlararo transfertlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan" – deyiladi maqolada.
Muallifning ta'kidlashicha, qonunga muvofiq joriy yilda ham byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo'naltirilganligi saqlab qolinadi. Davlat byudjeti mablag'lari umumiy hajmining 52 foizi ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya, shuningdek, ilm-fan, madaniyat, sportni rivojlantirish va kam ta'minlangan fuqarolarni uy-joy bilan ta'minlashga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.
Maqola yakunida "Umuman olganda, joriy yilda ham Davlat byudjeti iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish va aholi farovonligini oshirishga yo'naltiriladi", - deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Diplomat”: JCH–2026 da ishtirok etish o‘zbek futboli uchun “oltin davr”ni boshlab berishi mumkin

O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi


