Pokiston OAV: "Jizzax-2025" biznes-forumi O'zbekistonning tashqi investitsiyalarga ochiqligini yana bir bor namoyon etdi
Aprel 26, 2025. 15:33 • 2 daq
• 94
ISLOMOBOD, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari Jizzax viloyatida bo'lib o'tgan "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forum yakunlarini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, ushbu mamlakatning "APP – Associated Press of Pakistan" axborot agentligi va "Pakistan in the World" jurnali, "Pakistan Observer", "The Asian Telegraph", gazetalari, "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "World News", "Voice Of Melange (VOM)", "NewsGuru" onlayn portalida Zomin tumanida bo'lib o'tgan biznes-forum turkum maqolalar e'lon qilindi.
Pokistonning yetakchi nashrlaridan biri "APP – Associated Press of Pakistan" AA mazkur forumning mintaqaviy investitsiyalarni faollashtirish va global sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qaratilganini qayd etib, O'zbekistonning investitsiya salohiyati va investorlarga yaratilgan qulay sharoitlar haqida xorijiy ishtirokchilarning xabardorligini oshirishda muhim platforma bo'lib xizmat qilganini e'tirof etgan.
"The Asian Telegraph" internet nashri forumni yuqori baholab, quyidagicha yozgan: "Jizzax-2025" biznes-forumi O'zbekistonning tashqi investitsiyalarga ochiqligini yana bir bor namoyon etdi. Forum xorijiy ishbilarmon doiralar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi."
"Pakistan in the World" va "NewsGuru" nashrlari ham forumning xalqaro ahamiyatini alohida urug'lagan. Maqolalarda, ushbu biznes-forum uzoq muddatli xalqaro sherikliklar uchun muhim maydoni bo'lgani va nafaqat sarmoyadorlar, balki davlatlar o'rtasida iqtisodiy diplomatiyani yanada kengaytirish uchun ham noyob platforma yaratgani etilgan.
"The Gulf Observer" elektron nashri esa forumdagi ishtirokchilar va muhokama qilingan masalalarni batafsil tahlil qilgan. "Jizzax-2025" biznes-forumi O'zbekistonni zamonaviy investitsiya markazi sifatida dunyoga namoyish qildi. Bu nafaqat mintaqaviy, balki global biznes hamjamiyat uchun o'ziga xos signal vazifasini o'tadi", – deyiladi maqolada.
"The Europe Today" va "Voice of Melange" nashrlarida joylashtirilgan mazkur mavzudagi materiallarda forum doirasida imzolangan kelishuvlar va O'zbekistonda tadbirkorlar, ishbilarmon doira vakillari va ayniqsa xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, taklif etilayotgan noyob imkoniyatlar haqida ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida