Logo

Xiva shahrida bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivali Afrika OAV diqqat markazida

May 02, 2025. 10:56 • 2 daq

39
Xiva shahrida bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivali Afrika OAV diqqat markazida

AR-RIYOZ, 2-may. /"Dunyo" AA/. Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari ommaviy axborot vositalari Xiva shahrida bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Axborot agentliklari uyushmasi ko'magida jalb etilgan Gabon axborot agentligi muxbiri Nadiya Shansel Biket Onanga qalamiga mansub yettitta maqola IHT agentligi saytida joylashtirildi. Ushbu jurnalistning festival haqidagi tahliliy materillari, shuningdek, Gabon axborot agentligi va "Gabon Matin" gazetasida e'lon qilindi.

Jurnalist Nadiya Shansel Biket Onanga Xiva shahrining tarixi va qadimiy obidalari haqidagi materiallarni ham e'lon qildi.

Bundan tashqari, Marokashning "Maghreb Arab Press" axborot agentligi ham Xiva shahrida bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga bag'ishlangan turkum maqolalarni o'z o'quvchilari o'rtasida tarqatdi.

Nashrlarda o'zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ'ib qilish maqsadida 2019-yildan buyon Xalqaro baxshichilik san'ati festivali o'tkazilib kelinayotgani ta'kidlangan.

Ma'lum qilinganidek, 26-28-aprel kunlari Xivada bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivali YUNESKO va AYSESKO shafeligida uyushtirildi.

Festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan, jumladan, O'mon, Gabon, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Janubiy Koreya, Kuvayt, Malayziya, Mavritaniya, Misr, Marokash, Qirg'iziston, Rossiya, Turkmaniston, Vengriya, Ozarbayjon, Mo'g'uliston, Serbiya, Belarus, Fransiya, Afg'oniston, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Syerra-Leone, Shvetsiya, Iordaniya, Shvetsariya, Sudan, Turkiya, Bolgariya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Tunis, Slovakiya, Filippin, Qatar, Pokiston va O'zbekistondan 200 nafarga yaqin baxshilar ishtirok etdi.

"Festival doirasida "II Turkiy dunyo madaniyati forumi" va "Yangi O'zbekistonda baxshichilik san'ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi", – deb yozgan nashrlar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish