"Kyiv Diplomatic" jurnali: Toshkent shahridagi 21 ta binoni YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritish taklifi etilmoqda
Aprel 24, 2025. 12:35 • 1 daq
• 94
KIYEV, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning "Kyiv Diplomatic" jurnali saytida Toshkent shahrining qadimiy va zamonaviy me'morchiligiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur material AQSHning "The Architect's Newspaper" ixtisoslashtirilgan nashri e'lon qilingan Toshkent me'morchiligidagi zamonaviy modernizm, shuningdek, poytaxt me'moriy merosini asrab-avaylash borasidagi sa'y-harakatlar haqidagi maqola asosida tayyorlangan.
"Toshkentning kino va arxitektura tarixi bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Ikkalasi ham shaharning muhim geosiyosiy rolini va bir vaqtlar uning ko'chalarida hukmronlik qilgan xalqaro ruhni aks ettiradi va ekranda ham, undan tashqarida ham ajoyib san'at asarlarini taqdim etadi. Bugungi kunda bu avangard meros yana me'morlar, rassomlar va tarixchilarning diqqat markazida", – deb yozilgan maqolada.
Qayd etilishicha, Toshkentning zamonaviy modernizmi 2025-yilda bo'lib o'tadigan Venetsiya arxitektura biyennalesidagi O'zbekiston pavilyonining asosiy mavzusi bo'ladi.
"So'nggi yillarda esa Toshkent simpoziumlar va xalqaro tashabbuslar maydoniga aylandi. Poytaxt shahardagi 21 ta binoni YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritish taklifi ilgari surilmoqda. E'lon qilingan loyihalar orasida "Jemchujina" eksperimental turar-joy majmuasi, "O'zbekiston" mehmonxonasi, Chorsu bozori, "Kosmonavtlar" metro bekati, Alisher Navoiy nomidagi (Panorama) kinoteatr va boshqa majmualar bor", – deb yozilgan "Kyiv Diplomatic" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida