"Financial Times" jurnali: Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilyon qurdi
Oktabr 27, 2025. 20:03 • 2 daq
• 66
LONDON, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning mashhur "Financial Times" jurnali veb-saytida Buxoroda o'tkazilayotgan zamonaviy san'at tadbirida qatnashayogan amerikalik rassom Leyla Goharning "Buxorodan xushxabarlar" nomli maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif maqola boshida "Men dunyo bo'ylab ko'plab sayohatlar uyushtirganman. Lekin, yaqinda O'zbekistonga, Buxoroga qilgan sayohatim meni hayratda qoldirdi", deya O'zbekistonga qilgan sayohatini alohida e'tirof etgan.
Leyla Gohar materialda zamonaviy san'at tadbiri – Buxoro biyennalesi orqali butun dunyo bo'ylab 200 nafardan ortiq taniqli rassom va hunarmandlar bilan tanishish va muloqot qilish imkoniga ega bo'lgani haqida so'z yuritgan.
Muallif maqolada san'at tadbirida qatnashgan Entoni Gormli, Delsi Morelos, Vayel Shouki kabi rassomlarning monumental asarlari haqida ham gapirgan. U shuningdek, biyennale uchun o'z ijod namunasini yaratishda o'rta Osiyoning ming yillik mehmondo'stligi ramzi bo'lgan novvotdan foydalangani va "Novvot uy" deb nomlangan pavilonni qurgani haqida alohida to'xtalib o'tgan.
Amerikalik rassom "Men "Novvot uy" pavilonini qurishda mahalliy usta Ilhom Shoyimqulov va "Golem" arxitektura firmasi bilan hamkorlik qildim", deya ta'kidlaydi.
Maqola muallifi shuningdek, o'zbek milliy qadriyatlari va urf-odatlarini alohida e'tirof etgan, Buxoroning so'nggi amiri Said Olimxonning yozgi qarorgohi – Sitorai Mohi Xossa saroyi hamda o'zbek milliy taomlari haqida ham to'lqinlanib so'zlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda