Toshkent xalqaro investitsiya forumi Ruminiya OAV nigohida
May 25, 2026. 10:55 • 2 daq
• 320
BUXAREST, 25-may. /“Dunyo” AA/. “Euronews Romania” nashrida 16–19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada qayd etilishicha, Toshkent xalqaro investitsiya forumi so‘nggi yillarda investitsiyaviy hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun Markaziy Osiyodagi eng yirik platformalardan biriga aylangan.
Nashr taʼkidlashicha, bo‘lajak forum kun tartibidan barqaror iqtisodiy o‘sish, moliya bozorlarini rivojlantirish, transport-logistika aloqalarini kengaytirish, shuningdek, “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.
Toshkent xalqaro moliya markazini rivojlantirish, investitsiyalarni himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, energetika, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollari hamda O‘zbekistonning mintaqadagi asosiy investitsiyaviy va ishbilarmonlik markazlaridan biri sifatidagi rolini mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Volkswagen” joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

“Onda Cero”: O‘zbekiston Jahon chempionatida qatnashadigan ilk Markaziy Osiyo mamlakati sifatida tarixga kirdi


