“Sada al-Balad”: Namanganda Xalqaro gullar festivali bu gal yubiley, 65-marotaba tashkil etiladi
May 13, 2026. 10:25 • 2 daq
• 207
QOHIRA, 15-may /“Dunyo” AA/. Misrning “Sada al-Balad” nashrida Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro gullar festivaliga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, Xalqaro gullar festivali ilk bor 1961-yil avgust oyida Namangan shahrida o‘tkazilgan. Festival 2018-yilda xalqaro maqomga ega bo‘lgandan so‘ng gullar bayramiga turli davlatlardan mehmonlar va ishtirokchilar kela boshladi. Bugungi kunda festival O‘zbekistonning eng yirik va mashhur xalqaro madaniy bayramlaridan biriga aylangan.
Yildan yilga yuksalib borayotgan Xalqaro gullar festivali bu gal yubiley, 65-marotaba tashkil etiladi. O‘tgan yillar davomida ushbu nufuzli tadbir nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘ziga xos brend darajasiga ko‘tarildi.
Eʼtiborli jihati, bu yilgi festival Ginnesning rekordlar kitobi (Guinness World Records)ga kiritilishi mumkin. Hozirda bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida tashkilotning Dubaydagi vakili Kanzi Defravi tomonidan xalqaro talablar asosida kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
Xalqaro gullar festivali 24-maydan 12-iyulga qadar davom etadi. Ushbu festival nafaqat gullar ko‘rgazmasi, balki madaniy, sport, ilmiy va ko‘ngilochar tadbirlarga boyligi bilan ajralib turadi. Jumladan, gala-konsertlar, dron-shou, avtoparad, ochiq osmon ostida simfonik konsert, modalar haftaligi, ko‘rgazmalar, shuningdek, turizm, investitsiya va ishbilarmonlikka bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hozirda festival munosabati bilan shahar va tumanlar markaziy ko‘chalariga qariyb 5 million tup mavsumiy gul ekilib, hududlar rang-barang gullar bilan burkanmoqda. Bu ishlar shaharga yana-da ko‘rk bag‘ishlab, festival mehmonlarida unutilmas taassurot qoldirishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Diplomat”: JCH–2026 da ishtirok etish o‘zbek futboli uchun “oltin davr”ni boshlab berishi mumkin

O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi


