Polsha OAV: Toshkent jahon madaniy va ilmiy markaziga aylanmoqda
Sentabr 19, 2025. 09:31 • 56 soniya
• 42
VARSHAVA, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning "Sukces.rp.pl" elektron portalida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O'zbekiston Milliy muzeyiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston so'nggi yillarda chinakam uyg'onish davrini boshidan kechirayotgani ta'kidlangan. Tarixi qadim zamonlarga borib taqaladigan Samarqand va Buxoro kabi shaharlarning betakror me'morchiligi va ulug'vorligining ko'rish uchun dunyoning turli burchaklaridan odamlar ushbu mamlakatga oqib kelmoqda.
Maqolada O'zbekiston poytaxti Toshkentni zamonaviy va megapolis shaharga aylantirish bo'yicha keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Shaharni jahon andozalari darajasidagi muhim madaniy va ilmiy markazga aylantiruvchi loyihalardan biri – bu O'zbekiston Milliy muzeyining qurilishidir.
"Ushbu loyiha O'zbekiston san'at va madaniyatni rivojlantirish jamg'armasi shafeligida amalga oshirilyapti. Mintaqadagi eng zamonaviy bino bo'lishi kutilayotgan muzey loyihasi yaponiyalik mashhur arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqildi", – deyilgan maqolada.
Unda Osiyodagi eng yirik san'at kolleksiyalaridan kutubxona, o'quv zali, kitob do'koni, o'quv xonalari, ko'p funksiyali auditoriya va restavratsiya laboratoriyalari joylashadi
Nashrda yozilishicha, bo'lajak muzeyda O'zbekiston, Osiyo va Yevropadan eksponatlar ilk marta namoyish qilinadi. "O'zbekiston Milliy muzeyining ochilishi 2028-yilning mart oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan", – deya ma'lum qilgan "Sukces.rp.pl".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda