Logo

O'zbekistondagi ekologik muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishni ta'minlash borasidagi muhim qadamlar Shvetsiya OAV nigohida

May 07, 2025. 07:11 • 2 daq

51
O'zbekistondagi ekologik muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishni ta'minlash borasidagi muhim qadamlar Shvetsiya OAV nigohida

STOKGOLM, 7-may. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyaning "ATL" gazetasida shu yilning 3-4-aprel kunlari bo'lib o'tgan birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumiga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Mazkur forum ishtirokchisi, Shvetsiya Orol dengizi jamiyati prezidenti Bo Libert qalamiga mansub mazkur maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hozirgi ochiq va do'stona munosabatlar natijasida mintaqa tashqi sheriklar, shu jumladan Yevropa Ittifoqi uchun tobora jozibador bo'lib borayotgani ta'kidlangan.

"Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari o'rtasida bir necha yil davomida chegara masalasida muammolar bor edi. Bugungi kunda ushbu muammolar diplomatiya yo'li bilan hal etildi. Mintaqa mamlakatlari siyosiy jihatdan bir-birlariga juda yaqin bo'ldi. O'z navbatida, xorijiy davlatlar ham Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda", – deb yozgan muallif.

 Bo Libert mintaqaviy muloqotni sezilarli ravishda faollashtirish va yana bir muhim yo'nalish – iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatishda, ayniqsa O'zbekistonning sa'y-harakatlariga alohida urg'u bergan.

Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda O'zbekistonda qishloq xo'jaligida va sug'orish tizimida sezilarli yutuqlarga erishildi. Investitsiyalar ishlov berish va sug'orish samaradorligini oshirishga sarflanmoqda.

"O'zbekiston Prezidenti, ayniqsa ekologiya sohasida ko'plab muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surmoqda. Shu ma'noda, mamlakatda 2025 yil – "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili", deb e'lon qilindi", – deya yozilgan "ATL" gazetasida bosilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish