Toshkentda bo'lib o'tadigan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tahlil markazlari birinchi forumi Xitoy OAV diqqat markazida
Aprel 26, 2025. 07:23 • 2 daq
• 55
PEKIN, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Psearche" nashrida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan "Strategik sheriklikni mustahkamlash: tarixiy aloqalardan keng qamrovli hamkorlik sari" mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tahlil markazlari birinchi forumiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum qilinganidek, shu yilning 28-29-aprel kunlari bo'lib o'tadigan tadbir O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Saudiya Arabistonining "Gulf Research Center" tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston) va KADHK (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, O'mon, Bahrayn) dan 70 dan ortiq nufuzli mutaxassislarni bir joyga to'playdi hamda ikki ulkan makromintaqaning kelajakdagi hamkorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tadbirga KADHK Kotibiyati, diplomatik korpus va ishbilarmon doira vakillari ham taklif etilgan.
"Ishtirokchilar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi joriy va istiqboldagi hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qiladilar", – deb yozgan nashr.
Bundan tashqari, ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqandda o'tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari yetakchilarining ikkinchi sammiti kun tartibini boyitishga muhim hissa qo'shadi.
"Bo'lajak forum Markaziy Osiyo va Ko'rfaz mamlakatlari o'rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilib, umumiy tarixiy merosni qayta tiklash va ko'p qirrali muloqotni mustahkamlash uchun yangi yo'nalishlarni belgilab beradi", – deya ta'kidlangan "Psearcher" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida